O‘quv markazlari uchun

Sizdarsberasiz —natijasiniAIko‘rsatadi.

Biz o‘qituvchini tekshirmaymiz. Sizda kameralar allaqachon bor — ControlAI ularning yozuvidan har bir darsni o‘qib chiqadi: kim qancha gapirdi, nechta savol berildi, dars o‘z vaqtida boshlandimi. Hisobot — dars tugagach bir soat ichida.

Yangi uskuna shart emas · o‘quvchilarga qurilma kerak emas · dars jarayoni o‘zgarmaydi

Nutq taqsimoti
Kim qancha gapirdi
  • O‘qituvchi45%
  • O‘quvchilar25%
  • Savol-javob15%
  • Guruh ishi10%
  • Jimlik5%
80daqiqa
Metrika me’yori
Nutq balansi
Advanced
80 daq
me’yor45–55%
signal>70%
normaogohsignal16A34A

Payshanba. Oddiy dars.

AI yozuvni o‘qimoqda
  • 14:00Dars jadval bo‘yicha boshlanishi kerak
  • 14:12Dars 12 daqiqa kechikib boshlandi
  • 14:12–15:02O‘qituvchi 80 daqiqaning 70 tasini o‘zi gapirdi
  • 14:31Uch o‘quvchi darsni telefonda o‘tkazmoqda
  • 17:45Jurnal to‘ldirildi: «dars o‘tildi»

Qog‘ozda — hammasi joyida. Yozuvda — boshqa hikoya.

Kameralar buni yozib olgan edi. Lekin kuniga 120 soat yozuvni kim ko‘rib chiqadi? Hech kim. Shuning uchun muammolar o‘quvchilar keta boshlagandagina bilinadi — undan oldin emas.

Qanday ishlaydi

To‘rt qadam. Uchtasini tizim o‘zi qiladi — sizga faqat natijani o‘qish qoladi.

1
Kamera yozadi

Sizdagi mavjud kamera va videoregistrator. Hech narsa sotib olinmaydi, hech narsa o‘rnatilmaydi.

2
Tizim yozuvni o‘zi oladi

Dars jadvaliga qarab kerakli soatdagi yozuvni o‘zi yuklab oladi — qo‘lda hech kim hech narsa jo‘natmaydi.

3
Darsni «o‘qib chiqadi»

Kim qachon gapirdi, nechta savol, qancha jimlik, nechta o‘quvchi keldi, dars bo‘ldimi o‘zi — hammasi ajratiladi.

4
Hisobot tayyor

Dars tugagach ~1 soat ichida panelda: metrikalar, kuzatuv varaqasi va e’tibor talab qiladigan joylar.

Gapirib o‘tirmaymiz — ko‘ring

Quyidagi tugma haqiqiy tahlil jarayonini qisqartirilgan holda ko‘rsatadi. Sizning darsingizda ham xuddi shu ketma-ketlik ishlaydi.

jonli tizim · demo
Bitta darsni tahlil qilib ko‘ring

Bu — namunaviy yozuv. Sizning darsingizda ham xuddi shu jarayon ketadi.

  1. Yozuv NVR’dan olindi
  2. Nutq ajratilmoqda: kim, qachon gapirdi
  3. Metrikalar va kuzatuv varaqasi
  4. Hisobot tayyor
Transkript · kim, nima, qachon

Tahlilni boshlasangiz, transkript shu yerda paydo bo‘ladi…

Har bir raqamning orqasida shunday dalil turadi — bahsli holatda yozuvni ochib ko‘rasiz.

ControlAI boshqaruv paneli: o‘quvchi gapirishi, ta’lim tili ulushi, savol/dars, o‘z vaqtidalik, faollik pulsi, markaz salomatligi va AI xulosa

Ishlab turgan tizimning haqiqiy ekrani — namunaviy ma’lumotlar bilan. Maket emas, rasm uchun chizilgan emas.

Bitta savol — har kimga o‘z javobi

«Darslarimda aslida nima bo‘lyapti?» — buni markaz egasi, filial menejeri va o‘qituvchi turlicha so‘raydi. Har biri o‘z kesimini ko‘radi, ortiqchasini emas.

Markaz egasiga
tarmoq · filiallar · o‘sish
  • O‘quvchi ketishini u ketmasdan 3–4 hafta oldin sezasiz: davomat va ishtirok pasayishi ekranda ko‘rinadi.
  • Filiallarni bir ekranda solishtirasiz — qaysi biri kuchli, qaysi biriga e’tibor kerak.
  • O‘qituvchi baholash his-taassurotdan chiqadi: hammaga bir xil, o‘lchanadigan mezonlar.
Filial menejeri va sifat bo‘limiga
jadval · dars oqimi · kuzatuv varaqasi
  • O‘tkazilmagan, kechikkan va erta tugagan darslar — daqiqa aniqligida.
  • Kuzatuv varaqasini AI to‘ldiradi, siz tasdiqlaysiz — darsga kirmasdan.
  • Qaysi guruhda jimlik ko‘p, qayerda savol berilmayapti — signal ertaroq keladi.
O‘qituvchiga
faqat o‘z darslari · shaxsiy o‘sish
  • Faqat o‘z natijangizni ko‘rasiz — ochiq reyting-doska yo‘q.
  • «Ko‘p gapirdim» degan taxmin emas: aniq raqam va yozuvdagi dalil.
  • Nimani yaxshilash kerakligi ko‘rinadi: savol soni, o‘quvchi ulushi, dars tili.

Nimalarni o‘lchaydi

Har metrikaning aniq me’yori bor. Me’yordan chiqish — jazo emas, signal: rahbar qayerga qarashni biladi.

Nutq balansi45–55%o‘quvchilar gapirishi kutiladi; o‘qituvchi 70% dan oshsa — signal
Savollar15–20 tabir darsda; 10 tadan kamaysa — dars monologga aylanyapti
Sukunat<15%cho‘zilgan «o‘lik» pauzalar alohida belgilanadi
Dars tili70%+darsning asosiy qismi belgilangan tilda o‘tishi
O‘z vaqtidalik>90%kech boshlanish va erta tugatish daqiqagacha qayd etiladi
Davomatvideodannechta o‘quvchi keldi, kim kechikdi — avtomatik sanaladi

Kontekst muhim: boshlang‘ich guruhda o‘qituvchining ko‘proq gapirishi — norma; advanced guruhda esa signal. ControlAI dars darajasi va turini biladi va me’yorlarni shunga qarab qo‘llaydi. Aynan shu narsa uni «qo‘pol nazoratchi»dan ajratib turadi.

AI baholaydi. Qaror — insonda.

Kuzatuv varaqasini — sizning metodikangiz bo‘yicha — tizim har darsda o‘zi to‘ldiradi. Lekin u o‘z ishonchini ham ochiq aytadi: past ishonchli punktlar mutaxassisga qoldiriladi. Hech bir o‘qituvchi «algoritm qarori» bilan baholanmaydi.

Bahsli holat bo‘lsa — yozuv va transkript bor. Raqam emas, dalil gaplashadi.

Kuzatuv varaqasi · namuna8 / 10
  • Dars o‘z vaqtida boshlandi va tugadi96%

    Yozuv 14:00:12 da nutq bilan boshlangan

  • Mustahkamlash bosqichi bor85%

    14 daqiqa juftlikda ishlash — barcha o‘quvchilar band

  • Yakunlash va uyga vazifa38%

    Aniq eshitilmadi — mutaxassis tekshiruvi kerak

Yakuniy tasdiq — sifat bo‘limi mutaxassisidan

Maxfiylik — kelishuv emas, poydevor

Ta’limda ishonchsiz hech narsa ishlamaydi. Shuning uchun bu to‘rt qoida mahsulotning ichiga qurilgan — sozlama emas.

Ma’lumotlar O‘zbekistonda

Barcha yozuvlar va natijalar O‘zbekistondagi serverlarda saqlanadi — shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunga muvofiq.

Xom yozuv saqlanmaydi

Video va audio tahlildan so‘ng avtomatik o‘chiriladi — odatda 7 kun ichida. Faqat hisobot va raqamlar qoladi.

Tashqi AI’ga yuborilmaydi

Darsning xom yozuvi hech qachon chet el sun’iy intellekt xizmatlariga jo‘natilmaydi. Tahlil — o‘z serverlarimizda.

Faqat rozilik bilan

O‘qituvchilardan yozma rozilik olinadi. Tizim — yashirin kuzatuv emas, oldindan e’lon qilingan ish quroli.

Nimani qilmaymiz

Chegara qo‘yish — mahsulotning bir qismi. Bular sozlama emas: ularni yoqib bo‘lmaydi, chunki biz ataylab shunday qurganmiz.

Yuz ifodasidan emotsiya o‘qish

Ishonchsiz va odobsiz. Kayfiyatni kamera hal qilmaydi.

O‘qituvchilarning ochiq reyting-doskasi

Har kim faqat o‘z natijasini ko‘radi — bu jazo quroli emas.

Binoni 24/7 kuzatish

Faqat jadvaldagi darslar tahlil qilinadi, boshqa vaqt — yo‘q.

Algoritm qaror chiqarishi

Tizim signal beradi, qarorni odam chiqaradi. Har doim.

Bitta xonadan boshlaymiz.

Pilot — ikki hafta, sizning kameralaringizda, majburiyatsiz. Necha dars tahlil qilinganini, nima topilganini birga ko‘ramiz. Yoqmasa — hisobotlar sizda qoladi, biz ketamiz.